Bugungi kunda viloyat mahalliy kengashlarida mazkur partiyadan saylangan 14 nafar deputat ayollar faollik bilan ish olib borishmoqda. Joriy yilning oʻzida ayol deputatlar tomonidan koʻmakka muhtoj aholiga oʻz hisoblaridan 189 million soʻmdan ziyod moddiy yordam koʻrsatildi.

Shuningdek, xotin-qizlar muammolarini hal qilishda, ajrim masalalarini bartaraf etishda, qizlarni erta turmushga bermaslik, aliment undirish, nizoli oilalar bilan fidokorona shugʻullanishlari natijasida ijobiy yechimlarga erishildi. Mehnatlari munosib eʼtirof etilib, 5 nafar deputat ayol “Mehr-saxovat” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.
“Deputat ayollar klubi”ning tuzilishi zamirida ham ish samaradorligini yana-da oshirish, oʻzaro tajriba almashishga qulay shart-sharoit yaratishdir. Ochilish marosimida bir qator hamkor tashkilot vakillari ham qatnashib, deputatlar bilan oʻzaro fikr almashishdi, kelgusi yil rejalari bilan oʻrtoqlashishdi.
Ahrorbek AKBAROV,
OʻzMTDP Namangan viloyat kengashi raisining birinchi oʻrinbosari.