Maʼlum qilinishicha, Ichki ishlar boshqarmasi Chortoq tumani TEQKB tezkor vakili va Namangan shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi TEQKB xodimlari bilan hamkorlikda olingan tezkor tadbir oʻtkazgan. Unda Chortoq tumanida yashovchi, turmushga chiqmagan, 1999-yilda tugʻilgan ayol 2020-yil 18-may kuni dunyoga keltirgan qiz chaqalogʻini shu tumanida yashovchi, 1969-yilda tugʻilgan fuqaroga 1 900 000 soʻmga sotib yuborganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan 2020-yil 3-noyabr kuni Jinoat kodeksining 135-moddasi (Odam savdosi) 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Maʼlumot uchun, yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.