Shu vaqtda, voqea joyida bo'lgan fuqarolar tomonidan o'z joniga suiqasd qilgan erkak shifoxonaga xushsiz holatda olib borilgan.

Aniqlanishicha, ushbu jinoyatni sodir qilgan shaxs turmush o'rtog'i bilan 2022 yilning yanvar` oyidan buyon o'zaro oilaviy janjal sababli ajrashib, birga yashamasdan kelgan.

Shundan so'ng, u turmush o'rtog'ini o'zi bilan birga yashashga majbur qilib, asossiz rashq qilib kelgan holda bir necha marotaba janjallashib yurgan. 

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o'ldirish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atildi.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.