Namanganda fuqarolarning pullarini koʻpaytirib berishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi

    Namangan viloyatida fuqaro Telegram messenjerida bir nechta akkauntlar tashkil qilib, firibgarlik yoʻli bilan odamlarning pullarini oʻzlashtirib kelgani aniqlandi.

    Bu haqda IIB TQD Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.

    Qayd etilishicha, Jizzax viloyatida yashovchi fuqaro B.M. 5 mln soʻmga yaqin pullari nomaʼlum shaxs tomonidan firibgarlik yoʻli bilan oʻzlashtirilgani haqida IIO ganiga murojaat qilgan.

    Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik boʻlinmalari xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Namangan viloyatida yashovchi J.Sh. sodir etganligi aniqlangan.

    Maʼlumotlarga koʻra, gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan J.Sh. Telegram messenjerida “Farhod_investr_UZB1” kabi bir qancha akkauntlar tashkil qilib, bunga ishongan fuqarolarga pullarini tez fursat ichida koʻpaytirib berishini aytgan va ishonchiga kirib ulardan firibgarlik yoʻli bilan pullar tushirib kelganligi aniqlangan.

    Hozirda mazkur holat yuzasidan J.Sh.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi “g“ bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.