Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Namangan viloyati hokimligi tashabbusi bilan Mingbuloq tumani Gigant MMTP hududida joylashgan “Abbosbek ilgʻor” hamda “Rahmonali ota YNR” fermer xoʻjaliklarida gʻoʻza defoliatsiyasi jarayoni boshlandi.
Defoliatsiya ishlarida dronlardan foydalanish natijasida ishchi kuchiga ehtiyoj ancha qisqargan, defoliatsiya sifati esa yuqori darajada taʼminlanmoqda.
Bunday ilgʻor yondashuvlarni kelgusida boshqa xoʻjaliklarda ham qoʻllash, paxtachilikda zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish rejalashtirilgan.








