Ta’kidlanishicha, hozirda Namangan shahri ichida harakatlanuvchi 20 ta avtobus yo‘nalishlariga 158 dona elektron to‘lovni qabul qiluvchi statsionar validatorlar o‘rnatilgan.
Yo‘lovchilar nafaqat ATTO transport kartalari, balki bank kartasi, "ATTO" mobil ilovasi hamda virtual transport kartasi orqali ham to‘lovni amalga oshirishi mumkin.
"ATTO transport kartalarini tez kunlarda Sardoba bozori bekati, Chorsu bozori bekati, Do‘stlik bozori bekati va Otchopar shox bekatlaridan xarid qilish mumkin bo‘ladi", deyiladi xabarda.