“Silk stars education” taʼsischisi, oliy oʻquv yurti investori Ibrohim Xurramov, “Team” universiteti Kengashi vakili - “Westminster University” prorektori Alan Frans, “IT Park” direktori Farhod Ibragimov bilan Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzaqov ishtirokida boʻlib oʻtgan uchrashuv davomida Namangan viloyatida axborot-texnologiyalari sohasida xalqaro oliy oʻquv yurti filialini tashkil etish boʻyicha kelishuv amalga oshirildi, deya xabar bermoqda viloyat matbuot xizmati.

Uchrashuvning amaliy natijasi sifatida viloyatda oliy oʻquv yurtini tashkil etishga moʻljallangan har bir obyektlar bilan tanishib chiqildi hamda filialni tashkil etish bilan bogʻliq bir qator takliflar tayyorlandi. Alan Frans tomonidan joylardagi mavjud imkoniyatlarni oʻrganish, ushbu yoʻnalishda faoliyat olib borayotgan mutaxassislar bilan suhbat davomida viloyatning imkoniyatlari yuqori baholanib, kelgusida bu boradagi ishlar yuqori samara berishi borasida ijobiy fikrlar bildirildi.