Yoʻl harakati xavfsizlik xizmatining maʼlum qilishicha, voqea 2-aprel kuni soat 17:10 atrofida tumanning Porloq mahallasida sodir boʻlgan.
Maʼlumotlarga koʻra, Yangi Namangan tumanidagi 2-maktab oʻquvchisi “Nexia 3” mashinasini 150 ming soʻmga vaqtincha ijaraga olgan. Ular avtomashinani boshqarib borayotib harakat xavfsizligini taʼminlay olmay qarama-qarshi yoʻnalishga chiqib ketgan va oʻz yoʻnalishida harakatlanib ketayotgan “Shacman” bilan toʻqnashgan.
YTH oqibatida yengil avtomobil haydovchisi va uning sinfdoshi boʻlgan yoʻlovchi ogʻir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan. Xususan, yoʻlovchi oʻquvchida bosh miyasi va jagʻ suyagi sinishi, chap boldir suyaklari sinishi kuzatilgan. U xushiga kelgan, biroq holati oʻrtacha ogʻir holatda qolmoqda.
Rasmiylarga koʻra, maktab oʻquvchilariga mashinani ijaraga bergan fuqaroning oʻzi ham avtomobilni ijaraga olgan boʻlgan. Uning oʻzi oʻquvchilardan ijara uchun 150 ming soʻm olgan, oʻrtada vositachi boʻlgan 11-sinf oʻquvchisi esa 70 ming soʻm olgan.
Avtomobilni ijaraga bergan yigitning otasi va yuk mashinasi haydovchisi jamoatchilikka murojaat qilib, yosh bolalarning rulga oʻtirishiga ruxsat bermaslikni soʻragan.