Qayd etilishicha, holat shu yilning 13-aprel, yakshanba kuni Namangan shahridagi 14-umumtaʼlim maktabida sodir boʻlgan va kortej mashinalari oʻquvchilar ishtirokida videorolik olish uchun maktab hududiga soʻroqsiz kiritilgan.

Maʼlumotlarga koʻra, holat yuzasidan shahar ichki ishlar boʻlimi xodimlari tomonidan oʻquvchilarning ota-onalari va oʻzini tadbirkor deb taqdim etgan fuqarolar bilan tushuntirish ishlari olib borilgan.

Shuningdek, masʼullarga nisbatan tegishli choralar koʻrilgan.