Namanganda MCHJ 4 mlrd soʻmdan ortiq tabiiy gazni talon-toroj qilganligi aniqlandi

    Korxona yashirin tarmoqqa ulanib noqonuniy ravishda ohak pishirish uchun tabiiy gazdan foydalanib kelgan.

    Namangan shahar Davlatobod tumani gaz taʼminoti boʻlimi mutaxassislari tomonidan nazorat tadbirlari oʻtkazildi. Tadbir davomida tumanda gaz taʼminoti tizimiga noqonuniy ulangan ohak pishirish xoʻjaligi aniqlandi.

    “NAM SMART SERVIS” MCHJga tegishli boʻlgan mazkur korxona yashirin tarmoqqa ulanib noqonuniy ravishda ohak pishirish uchun tabiiy gazdan foydalanib kelgan.

    Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra korxona 4 mlrd soʻmdan ortiq tabiiy gaz isteʼmol qilgani aniqlandi. Holat yuzasidan toʻplangan hujjatlar maʼmuriy tarzda chora koʻrish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etildi.