Bu haqda YHXX axborot xizmati maʼlum qildi.
Maʼlum boʻlishicha, Chevrolet Malibu rusumli avtomashinani boshqarib ketayotgan haydovchi megafon orqali boshqa haydovchilardan yoʻlni boʻshatishni talab qilgan. U mazkur harakatlarini videoga olib, ijtimoiy tarmoqlarda ham tarqatgan.
Surishtiruvlar davomida ushbu shaxs Abbos Yusupov ekani aniqlangan. Uning jamoat joyidagi harakatlari boshqa haydovchilarning noroziligiga sabab boʻlgan.
Huquqbuzar oʻz qilgan ishidan pushaymon ekanini bildirib, agar ovoz kuchaytirgich qurilmasi avtomobilga doimiy oʻrnatilmagan boʻlsa, bu qoidabuzarlik hisoblanmaydi, deb oʻylaganini aytgan.
Maʼlum qilinishicha, Malibu avtomashinasi jarima maydoniga joylashtirilgan, haydovchi foydalangan megafon esa daliliy ashyo sifatida olingan.
Sud qaroriga koʻra, haydovchi 1,5-yil muddatga transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etildi.