Taʼkidlanganidek, shu yilning 1-apreliga qadar aliment undirish bilan bogʻliq jami 25 ming 481 ta ijro hujjati boʻyicha mahalla fuqarolar yigʻinlari vakillari bilan hamkorlik oʻrnatilib, aliment toʻlovlarini undirish va oilalarni yarashtirish choralari koʻrib borilmoqda. Buning pirovard natijasida oʻtgan uch oy davomida ajralib ketish arafasida turgan 449 ta oilani yarashtirishga erishildi.

MIB nafaqat ijro etuvchi organ, balki qarzdorlarga zimmalaridagi toʻlovlarni bartaraf etishga koʻmaklashuvi tashkilot sifatida namoyon boʻlmoqda. Bunga hisobot davrida 537 nafar ishsiz aliment toʻlovchilarning bandligini taʼminlashga yaqindan yordam berilgani yorqin misoldir.