Namanganda muhim arxeologik obekt konservatsiya qilindi

    Turizm va Madaniy meros vazirligi tomonidan Namangan viloyati Norin tumani hududida joylashgan Uchtepa-2 arxeologiya ob'ektini ochiq osmon ostidagi muzeyga aylantirish bo'yicha taklif Vazirlar Mahkamasiga kiritilishi rejalashtirilmoqda.

    Ushbu ob'ekt akademik Ahmadali Asqarov tomonidan ochib o'rganilgan va bir qator tadqiqotlar o'tkazilgan.

    Tadqiqotlarga ko'ra, Uchtepa-2 o'rnida qadimgi Xaylam shahri otashparastlar ibodatxonasi joylashgani aniqlandi. Ibodatxona milodiy VII-VIII asrlarga qadar mavjud bo'lgan. Qazishma ishlari vaqtida rohib va rohibalarga tegishli suyak qoldiqlari, 50 dan ortiq o'choq izlari hamda sopol idish siniqlari topildi.