Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining xabar berishicha, holat shu yilning 25-may kuni soat 20:49larda Namangan shahar “Yangi asr“ MFY hududidan oʻtgan 4R-112 avtomobil yoʻlining 87 km.da sodir boʻlgan.
Maʼlumotlarga koʻra, Namangan shahar “Alpomish“ MFY xonadonlarni birida yashagan , 2006-yilda tugʻilgan fuqaro “Nexia-3” rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, boshqaruvni yoʻqotib yoʻlning oʻng chetiga chiqib ketib, archa daraxtiga urilishi oqibatida avtotransport vositasi yonib ketgan.
Hodisa joyiga yongʻin qutqaruv ekipaji soat 21-03 da yetib borgan. Yongʻin soat 21-05 da qutqaruvchi va fuqarolar tomonidan bartaraf etilgan.
Hodisa oqibatida avtomashina toʻliq yonib zararlangan hamda haydovchi voqea joyida vafot etgan.