Namanganda “Nurafshon” kichik sanoat zonasiga tamal toshi qo‘yildi

    Mamlakatimizda 23 Noyabr 2020 2028

    Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzaqov Yangiqo‘rg‘on tumanida “Nurafshon” kichik sanoat zonasiga tamal toshi qo‘yish marosimida ishtirok etdi

    Tumanning shu nomli mahallasi hududida joylashgan KSZ 12 gektar maydonni egallaydi. Bu yerda umumiy qiymati 80 milliard so‘mni tashkil yetadigan 26 ta loyiha amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

    Buning 59,2 milliard so‘mi yoki qariyb 75 foizi tashabbuskorlarning o‘z mablag‘i hisobidan amalga oshiriladi.

    Buning natijasida 1000 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratiladi.

    —“Nurafshon” kichik sanoat zonasiga bugun tamal toshi qo'yilayotgan bo‘lsa, ertadan ish boshlanishi, buning uchun kerakli infrastruktura yaratilishi zarur. Xususan, yo‘llarning holatiga jiddiy e‘tibor qaratish kerak. Bunday KSZlarning faoliyat boshlashi hududda ishsizlikka barham berish, jinoyatchilikni jilovlashda muhim omil bo‘ladi, — dedi viloyat rahbari.

    Ma'lumot uchun, Yangiqo'rg'on tumanida hozirda Bunyodkor kichik sanoat zonasida ish boshlangan. Yaqin orada “Yangi Bog'iston” va “Gulshan” KSZlarga ham tamal toshi qo'yiladi.