Unga yashash hayoti davomida donor sifatida qon topshirmasligi, donor sifatida qon va boshqa toʻqimalarni boshqa shaxslarga bermasligi, turmush oʻrtogʻidan boshqa ayollar bilan jinsiy aloqada boʻlmasligi boʻyicha tushuntirish ishlari olib borilgan.
Ushbu talablarga rioya qilmagan holda jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantirilgan
Lekin joriy yil oktyabr oyi boshidan 3-noyabr kunigacha Uchqoʻrgʻon tumanida yashovchi 2002-yilda tugʻilgan ayol bilan Namangan shahrida yashab, u bilan jinsiy aloqada boʻlib kelgan. Unga OIV kasalligi (OITS)ni yuqtirish xavfi ostida qoldirgan.
Ushbu holat boʻyicha shahar IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlinmasi tomonidan 16-noyabr kuni Jinoyat kodeksining 113-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati