Namanganda sel kelishi oqibatida 16 va 14 yoshli opa-singilni devor bosib qoldi

    Namanganda sel kelishi oqibatida 16 va 14 yoshli opa-singilni devor bosib qoldi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi.

    Qayd etilishicha, hodisa 17-iyun kuni soat 16:00 larda Chust tumani, “Toymosobod” MFY Kamarbasta koʻchasidagi xonadonda sodir boʻlgan.

    Shu koʻchadagi uyda yashovchi 16 va 14 yoshli opa-singil yashash xonadonining darvozaxonasiga kirib kelayotgan yomgʻir suvni toʻsish maqsadida yashash xonadonini chegara devorini oldiga borib, yashash xonadoniga kirayotgan suvning yoʻlini toʻsayotgan vaqtida uyning devori qulab ketgan.

    Natijada, qizlar devor ostida qolib, singil voqea joyida vafot etgan. Opasi esa tan jarohati olib, tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

    Hodisa joyi tuman prokurori X.U.Xakimov rahbarligidagi tezkor tergov guruhi aʼzolari tomonidan koʻzdan kechirilib, protsessual hujjatlar rasmiylashtirgan.

    Aniqlanishicha, qizning oʻlimi qoʻshma shikastlar, kalla miya, boʻyin, koʻkrak qafas, qorin, chanoq shikastlari borligi, kalla gumbaz, peshona teppa, oʻng chakka suyak siniqlari kalla asosiga oʻtishi, miyani majagʻlanishi, boʻyin va koʻkrak umurtqalarini koʻplab sinishi, chap tomondan koʻplab qovurgʻalarni sinishi, oʻpkalar va yurakni koʻkrak qafasidan pastga chiqib qolishi natijasida kelib chiqqan.

    Shuningdek, tuman tibbiyot birlashmasining dastlabki maʼlumotida voyaga yetmagan opaning tanasida qoʻshma shikast, chanoq suyaklarini, oʻng boldir syaklarini siljigan sinishi, tananing koʻplab shilinmalari borligi, holati ogʻir holatdaligi koʻrsatilgan.

    Hozirda, mazkur holat yuzasidan Chust tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.