баннер
2 Apr 2025
06:52

    Namanganda sifati kafolatlanmagan dori vositalarining muomalasiga chek qoʻyildi

    Namangan viloyatida Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toʻraqoʻrgʻon tumani boʻlimi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida noqonuniy dori vositalarining muomalasiga chek qoʻyishga qaratilgan tezkor tadbir oʻtkazildi.

    Oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro N.X. Namangan shahridagi koʻp qavatli uyning yertoʻlasida kelib chiqishi hamda sifatini tasdiqlovchi hujjatlari boʻlmagan umumiy bahosi 432,1 mln soʻmlik 9 turdagi dori vositalarini sotish maqsadida saqlab kelganligi aniqlanib, ushbu dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olindi.

    Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni oʻtkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech