Namanganda sodir bo'lgan YTHda 3 yoshli bola shifoxonada vafot etdi

    Xavfsizlik 27 Mart 2021 1609

    Joriy yilning 19-mart kuni Namangan shahar Q.Otamirzaev ko'chasida "VAZ-21011" rusumli avtomashinani boshqarib ketayotgan haydovchi, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo'lni kesib o'tayotgan 3 yoshli bolani urib yuborgan.

    Natijada, voyaga etmagan piyoda olgan tan jarohatlari oqibatida, 25 mart kuni shifoxonada vafot etgan.

    Ushbu holat bo'yicha shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

    Namangan viloyati IIB Axborot xizmati