Namangan shahrida tugʻilgan “T.O.O”, “S.J.K.” va “L.U.J.”lar Rossiyadagi ish faoliyati davomida hozirda Suriyadagi “Tavhid va Jihod Katibasi” terroristik tashkiloti yetakchisi, namanganlik Nuriddin Kamolov (laqabi “Abu Muoviya”) taʼsiriga tushib, Turkiya orqali Suriyaga chiqib ketishgan.
Ushbu shaxslar Namangan shahrida yashovchi 10 kishidan iborat yashirin guruh tuzib, ularni Suriyaga borib, terrorchilar safiga qoʻshilishga daʼvat qilgan.
Qoʻlga olinganlar 1999 – 2004-yillar oraligʻida tugʻilgan yoshlar boʻlib, ularning 4 nafariga nisbatan DXX tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatildi.
Maʼlum boʻlishicha, hozirda guruh aʼzolariga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda.