Oʻtkazilgan nazorat tadbirida Uychi tumanida joylashgan “E. J. A.” yakka tartibdagi tadbirkorga qarashli umumiy ovqatlanish binosida elektr hisoblagichdan tashqari ulangan holda, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga koʻra elektr taʼminoti korxonasiga 95.8 mln soʻmlik zarar yetkazilganligi maʼlum boʻldi.
Hozirda holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.