Maʼlum boʻlishicha, tadbirkor oʻz faoliyatini kengaytirish maqsadida bino va inshootlarni rekonstruksiya qilish hamda hududida qoʻshimcha qurilishlar olib borishni rejalashtirayotgan edi. Biroq qurilish uchun zarur ruxsatnomalarni olish jarayonida Namangan shahar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimiga bir necha bor murojaat qilgan boʻlsa-da, uning arizalari eʼtiborsiz qoldirilgan.
Biznes-ombudsmanning aralashuvi bilan oʻtkazilgan oʻrganishda tegishli organ masʼul xodimi davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini buzganligi aniqlandi. Natijada unga nisbatan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma rasmiylashtirilib, jarima jazosi qoʻllanildi.
“Station A” MCHJga esa rekonstruksiya va qoʻshimcha qurilishlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berildi.