баннер
10 Apr 2025
01:44

    Namanganda taqiqlangan usulda baliq ovlagan shaxslar qoʻlga tushdi

    Namangan viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi tezkor guruhi tomonidan navbatdagi tungi reyd tadbiri oʻtkazildi.

    O‘tkazilgan reyd tadbirlarida, Pop hududida oʻtkazilgan reyd tadbirida huquqbuzar I.A. taqiqlangan usulda baliq ovlab, olib chiqib ketayotgan vaqtida boshqarma va tuman inspektorlari tomonidan qoʻlga olindi.

    Holat yuzasidan fuqarodan tushuntirish xati olinib, unga nisbatan dalolatnoma va maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma rasmiylashtirildi. Shuningdek, I.A. hayvonot dunyosiga 225 million soʻm miqdorda zarar yetkazganligi aniqlandi.

    Holatga huquqiy baho berish uchun toʻplangan hujjatlar prokuratura organlariga yuborildi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech