Namanganning qator hududlardagi nevrologiya va endokrinologiya yoʻnalishlari boʻyicha Respublika ixtisoslashgan markazlar viloyat filiallarining tumanlararo boʻlimlari tashkil qilinadi.
Uychi, Yangiqoʻrgʻon va Chustda 3 ta tumanlararo perinatal markazlar tashkil qilinadi.Kelgusi ikki yilda 17 ta mahallada oilaviy shifokorlik punktlari hamda Namangan shahrida 5 ta oilaviy poliklinika faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.