Barcha shifoxona, oilaviy poliklinika, shifokorlik punktlari hududlarida gullar,mevali va manzarali daraxtlar ekish ishlariga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Bugun yana bir xayrli ishga qoʻl urildi. Viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi tashabbusi bilan “Paxtalikoʻl” sihatgohi daraxtzorlari ichida “Tibbiyotchilar bogʻi”ni yaratishga kirishildi. Shu bois ertalabdanoq viloyatdagi davolash-profilaktika muassasalarining xodimlari oʻz hisoblaridan olingan mevali va manzarali daraxt koʻchatlari bilan sihatgohga yetib keldilar.

Hududda 34 gektar ekin maydoni bor. Uning aksariyati bogʻzorlar tashkil etadi. Endi tibbiyot maskanimiz atrofi bogʻu boʻstonga aylanadigan boʻldi.Yana besh gektar yerda hashar usulida bogʻ tashkil etilmoqda.