Joriy yilning 9 iyun` kuni To'raqo'rg'on tuman IIB xodimlari tomonidan olib borilayotgan tadbir davomida tumanda yashovchi fuqaro yashash uyidagi hojatxonasining tom qismida quritish uchun 12 tup  ko'kimtir rangli, o'tkir hidli chala qurigan o'simliklarni saqlab kelayotganligi aniqlangan. O'rganishlar natijasida  ushbu o'simlik ko'knor somoni giyohvandlik moddasi bo'lib chiqdi.

SHu kuni tumandagi yana bir xonadonda tomorqasidagi gilos daraxti shoxiga nashasimon o'simlikning sindirilgan shoxini quritish uchun ilib qo'ygan shaxs aniqlangan. Mutaxassislar xulosasiga ko'ra, ushbu nashasimon o'simlik sindirilgan shoxining sof og'irligi 27,22 gramm bo'lgan kannabis  giyohvandlik moddasi ekan.

Hozirda ikki holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.