IIV 34 yoshli shaxs voyaga yetmagan qizni zoʻrlab, qochib ketgani sabab unga nisbatan qidiruv eʼlon qilgandi.
IIV Matbuot xizmatining xabar berishicha, Namangan viloyati IIB tomonidan qidiruv eʼlon qilingan Sh.U. joriy yilning 12-aprel kuni Namangan shahri “Oʻzbekiston” koʻchasida joylashgan yashash xonadonining yertoʻlasidan topilgan.
Hozirda ushbu shaxsga nisbatan qamoqqa olish tarzida ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.