Namanganda yosh bola oʻz onasini kaltakladi

    Holat boʻyicha viloyat maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi munosabat bildirdi.

    Qayd etilishicha, xolat boʻyicha Davlatobod tuman ichki ishlar boʻlimi, tuman hokimligi, maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi hamda mahalla fuqarolar yigʻini vakillari tomonidan oʻrganish ishlari olib borilganda holat Davlatobod tumanidagi 80-umumtaʼlim maktabi oʻquvchisi ishtirokida sodir boʻlgani aniqlangan.

    Maʼlumotlarga koʻra, oʻquvchining onasi va buvisi tomonidan unga nisbatan qilingan qoʻpol harakat va haqoratlarga bardosh bera olmasdan, stress taʼsirida kuch ishlatgan.

    Ona va voyaga yetmagan shaxs bilan profilaktik suhbatlar oʻtkazilib, tomonlar yarashtirildi. Ularga nisbatan ogohlantirish choralari koʻrilib, kelgusida bunday holatlarning oldini olish boʻyicha tushuntirish ishlari olib borildi, — deyiladi xabarda.