Namanganda “Yoshlar turizmi haftaligi” doirasida qariyb 2436 nafar yoshlar sayohati tashkil etildi

    Turizm 6 Yanvar 2023 1348

    “Yoshlar turizmi haftaligi” doirasida “Yangi yilda – Yangi Oʻzbekiston boʻylab sayohat” shiori ostida viloyatning barcha tuman (shahar)laridan joriy yilning 5-yanvar kuni hamrohlari bilan birga 2436 nafar yoshlar (maktab oʻquvchilari) sayohati tashkil etildi.

    Sayohatga chiqqan yoshlar uchun Chortoq tumanidagi “Sulton Uvays Qaroniy”, “Bibi Naima” ziyoratgohlarida, “Yangi Oʻzbekiston - Yoshlar ziyo maskani”da, “Afsonalar vodiysi”da, shuningdek, sayohat dasturi doirasida qo'shimcha Namangan davlat muzeyida hamda To‘raqo‘rg‘on tumanidagi “Axsikent” ochiq osmon ostidagi muzeyi va “Isʼhoqxon toʻra Ibrat” muzeyi va shu nomda tashkil etilgan bogʻga sayohat tashkil etildi.

    Sayohat davomida muzey xodimlari tomonidan muzeyni tashkil etilish jarayonlari hamda Isʼhoqxon Junaydullaxoʻja oʻgʻli Ibrat maʼrifatparvar shoir, zabardast tilshunos, tarixshunos olim, ilk oʻzbek matbaatchilaridan boʻlganligi va uning hayot faoliyati toʻgʻrisida maʼlumot berildi.

    Muzeydagi eksponatlar va qadimiy anjom hamda tarixiy buyumlar yosh o‘quvchilarda juda katta taassurotlar qoldirdi.

    Jumladan, Bolajonlarning qishki taʼtil kunlarini mazmunli oʻtkazish uchun mamlakatimizdagi teatr jamoalari tomonidan turli dasturlar tayyorlanib, bayram tuhfasi sifatida taqdim etilmoqda.

    Tarixni oʻrganish, kelajagimiz egalarining maʼnaviyatini boyitish barobarida ularni ona yurtga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashga qaratilgan tadbirlar davom etmoqda.