Taʼkidlanishicha, bugun, 23-may kuni soat 01:06 da Namangan viloyati Pop tumani “Sadoqat” MFY hududidan oʻtgan A-373 avtomobil yoʻlining 277.5 kilometrida “Vodiy-Toshkent” yoʻnalishida harakatlanib ketayotgan “DAF” rusumli yuk avtomobilida yongʻin chiqqan.

2 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji soat 01:47 da hodisa joyiga yetib borib, yongʻin soat 02:00 da oʻchirilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq.

Yongʻin sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.