Namangandagi “Coʻnggi qoʻngʻiroq“ bayramida gazli sharlar portlab ketdi

    Ijtimoiy tarmoqlarda soʻnggi qoʻngʻiroq bayramida gazli sharlar portlab, qizlarni sochi yonib ketgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi maʼlumot berdi.

    Qayd etilishicha, oʻz vazifasiga sovuqqonlik bilan qaragani, tashkilotda oʻrnatilgan ichki mehnat tartib qoidalarini qoʻpol ravishda buzgani, oʻziga yuklatilgan lavozim vazifalarini lozim darajada bajarmagani va bir qator kamchiliklarga yoʻl qoʻygani uchun Chortoq tumanidagi 48 – umumtaʼlim maktabi direktori bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

    Shuningdek, muassasaning maʼnaviy – maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosarlari va sinf rahbariga nisbatan tegishli intizomiy jazo choralari qoʻllanilgan.