Namangandagi “Yoshlar markazi” hududida “Workout” maydonchasi foydalanishga topshirildi

    Sport 18 Fevral 2021 1939

    Street workout maydonining ochilish marosimida Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Saʼdullayev ishtirok etib, yoshlarga ushbu yaratib berilayotgan sharoitlardan unumli foydalanishni hamda yaxshi shugʻullanib, Respublika chempionatlarida gʻoliblar safidan joy egallashlarini tiladi.

    Yigʻilganlarga koʻcha sporti boʻyicha respublika miqyosida Namangan shaʼnini munosib himoya qilib, faxrli oʻrinni egallagan Sardor Pirmatov oʻz chiqish(tryuk)larini namoyish etib, barchani hayratda qoldirdi.

    Ayni kunlarda shunday maydonchalar Namangan viloyatining barcha hududlarida, mahallalarda bunyod etilmoqda. Hozirgacha 200dan ortiq Street workout maydonchalari yoshlar ixtiyoriga topshirildi.