баннер
30 Mar 2025
03:07

    Namangandagi “zapravka“da Damas yonib ketdi

    Hozirda sodir boʻlgan yongʻin yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Namangan FVB axborot xizmatining xabar berishicha, viloyat Favqulodda vaziyatlar boʻlimiga soat 17-58da Davlatobod tumani “Nurobod“ MFY Ququmboy shoh koʻchasida joylashgan Masʼuliyati cheklangan jamiyatga qarashli AGTKSHda “Damas” rusumli avtotransport vositasi yonayotgani haqida xabar kelib tushgan.

    Kelib tushgan xabarga asosan yongʻin qutqaruv ekipaji voqea joyiga tezkorlik bilan yetib borgan va yongʻin soat 18:06da batamom oʻchirilgan.

    Yongʻin natijasida “Damas” avtomobili toʻliq yonib zararlangan.

    Yongʻin oqibatida kuyib tan jarohati olgan va vafot etganlar kuzatilmagan.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech