Namangandan yana 141 nafar fuqaro Rossiyaga ishlash uchun joʻnab ketdi

    Ijtimoiy hayot 26 Iyul 2021 853

    Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda Rossiya Federatsiyasining “Povoljskoye Stroitelnoye Predpriyatiye” masʼuliyati cheklangan jamiyati oʻrtasida imzolangan hamkorlik kelishuvi asosida Agentlikning mintaqaviy filiallarida qurilish sohasida ishlash istagida boʻlgan fuqarolar ishtirokida tanlov oʻtkazilgan edi.

    Namangan viloyatida ushbu tanlovdan muvaffaqiyatli oʻtib, tibbiy koʻrik natijalari ijobiy chiqqan 141 nafar fuqaro Namangan xalqaro aeroportidan Rossiyaning Amur viloyatida Kosmodrom atrofidagi qurilish obyektlarida ishlash uchun joʻnab ketdi.

    Vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan fuqarolarga oʻz yoʻnalishlari boʻyicha tushuntirish olib borildi.

    Shuni alohida taʼkidlash kerakki, ushbu fuqarolarni karantin manziliga joylashtirish, roʻyxatga olish, ishlash huquqini beruvchi patent, 3 mahal ovqat, yotoqxona, maxsus kiyim xarajatlari ish beruvchi tomonidan qoplanadi, deb xabar beradi Tashqi mehnat migratsiyasi matbuot xizmati.