Uchrashuvda viloyatda aholiga koʻrsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish maqsadida yoʻlovchi tashish faoliyati bilan shugʻullanuvchi korxonalar harakat tarkibini yangilash, zamonaviy avtobuslar sotib olish va ularga servis xizmatlari koʻrsatishni tashkil etish bilan bogʻliq jihatlar muhokama etildi.
Muzokaralar davomida “Xumo avto plyus” MCHJ hamda “Yutong Hongkong Limited” kompaniyasi oʻrtasida 100 dona ZK6890HG modelidagi avtobuslarni sotib olish yuzasidan shartnoma imzolandi, deb xabar beradi Transport vazirligi matbuot xizmati.









