Bu haqda Namangan shahar hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Namanganda yoʻlovchi tashish transporti sohasini rivojlantirish, yoʻlovchilarga qulaylik hamda sifatli xizmat koʻrsatish maqsadida shahar hududiga 36 dona zamonaviy gullar shahri logotipi tushirilgan avtobuslar olib kelinmoqda.
Maʼlumot oʻrnida Xitoy davlatidan Namangan tomon yoʻlga otlangan ushbu avtobuslar hozirda qoʻshni Qozogʻiston Respublikasiga yetib keldi.