Namanganlik endokrinologlar Ukrainada malakasini oshiradi

    Salomatlik 24 Noyabr 2020 629

    Akademik Toʻraqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida Ukraina ixtisoslashgan innovatsion tibbiyot markazi va Namangan endokrinologiya dispanseri oʻrtasida memorandum imzolandi.

    Ushbu hujjatga asosan namanganlik endokrinologlar 2021-yildan boshlab Kiyev shahrida oʻz sohalari boʻyicha malakalarini oshirish imkoniyatiga ega boʻlishadi.

    Hamkorlik bu bilan chegaralanib qolmaydi. Ukrainalik mutaxassislar Namanganga kelib, konferensiya, seminarlar, mahorat saboqlarini oʻtkazishadi. Shartnomaga asosan, viloyatning barcha tor soha mutaxassislari (xirurg, akusher-ginekolog, travmatolog va boshqalar) ham mazkur markazda malakalarini oshirishi mumkin.