Aytish joizki, 2020-yil Qozogʻistonda buyuk qozoq shoiri Abay tavalludining 175-yilligi keng nishonlangan edi.

Shu munosabat bilan Qozogʻistonda faoliyat olib borayotgan “Jahon isteʼdodlari” uyushmasi tomonidan Abay hayoti va ijodiga bagʻishlangan tanlov oʻtkazilgan.

Mazkur tanlovda yosh ijodkor Islom Asilbekov oʻzining (“Abay hikmatlarining yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati va roli” mavzusida yozgan ilmiy-tahliliy materiallari uchun. Za nauchno-analiticheskiye materialы na temu “Znacheniye i rol mudrosti Abaya v vospitanii molodyoj”.) bilan qatnashib munosiblar qatorida eʼtirof etilgan edi.

Kuni kecha esa Islom Asilbekov Abay nomidagi medal, guvohnoma va “Jahon isteʼdodlari” Uyushmasining mahsus sovgʻalari bilan taqdirlandi.