Namanganlik ikki ijodkor kino olamida inqilob qilmoqchi

    Madaniyat 6 Iyul 2020 4134

    Maʼlumki, tanqili yozuvchi Isoqjon Nishonov oʻzining “Afgʻon shamoli” turkumi bilan barchaga yaxshi tanish.

    Shu kunlarda yozuvchi turkumning 14-faslini yozib tugatib, 15-fasl ustida qizgʻin ish olib bormoqda. Har bir fasl alohida bir kitob. Hozirgacha bu kitoblar muxlislar tomonidan qoʻlma-qoʻl oʻqilmoqda. Endi “Afgʻon shamoli” ekranlarga koʻchmoqda.

    Namanganlik aktyor va prodyuser Yoqub Ahmedov “Afgʻon shamoli” asosidakinoserial olishga hozirlanmoqda. Isoqjon Nishonovning bizga maʼlum qilishicha, ssenariy yozish jarayoni boshlangan. Rejaga koʻra juda ulkan loyiha amalga oshiriladi.

    Va loyiha nainki oʻzbek, balki jahon kino olamida ham inqilob yasaydi, deyishmoqda.

    Sanjarbek HAMIDOV