Namanganlik mergan yigit Jahon kubogida g'olib bo'ldi

    O'q otish bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Indoneziyadagi Jahon kubogi bosqichida muvaffaqiyatli qatnashmoqda.

    Kuni kecha erkaklar o'rtasida 10 metrga pnevmatik to'pponchadan otish dasturida ishtirok etgan Namangan viloyati yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi tarbiyalanuvchisi Muhammad Kamolov oltin medalni qo'lga kiritdi.

    Viloyat sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi axborot xizmati yozishicha, shohsupaning eng balandiga ko'tarilgan hamyurtimiz Namangan muhandislik-qurilish instituti 3-bosqich talabasidir. Yosh mergan 2002-yilda Namangan shahrida tug'ilgan. U hozirgacha shu yo'nalishda ko'plab yutuqlarga erishgan.