Namanganlik oʻqituvchi oʻz hisobidan maktab xonasini jihozladi

    Ta'lim 22 Fevral 2024 1594

    Faoliyati orqasidan 12 mln soʻm maosh olayotgan pedagog maktabda xayrli ishga qoʻl urdi.

    Uchqoʻrgʻon tumanidagi 2-maktabning informatika fani oʻqituvchisi Dilshodbek Muxtorov oʻz hisobidan maktab xonasini jihozladi.

    Bu haqda Namangan viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi xabar berdi.

    Taʼkidlanishicha, mazkur oʻqituvchining shogirdlari har yili fan olimpiadalarida faol ishtirok etib keladi. Xususan, maskanning sobiq bitiruvchisi Hojiakbar Murodullayev 2023-yili NamMQI tashabbusi bilan oʻtkazilgan informatika musobaqasida ishtirok etib, grant asosida oʻqish imkoniyatini qoʻlga kiritgan. Shuningdek, “Robot-uz 2023” xalqaro olimpiadasida muassasaning 6-sinf oʻquvchilari jamoa hisobida 2-oʻrinni egallashgan.

    Faoliyati orqasidan 12 mln soʻm maosh olayotgan pedagog maktabda xayrli ishga qoʻl urdi.

    Oʻquvchilarning puxta bilim olishlari va AyTi sohasidagi koʻnikmalarini chuqur oʻzlashtirishlari uchun informatika va robototexnika xonalarini oʻz hisobidan zamonaviy 16 dona parta, 40 ta stul va boshqa jihozlar bilan taʼminladi.

    Bu esa yoshlarning bilim olishga boʻlgan ishtiyoqini yanada ortishiga zamin yaratadi.