Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarovaning maʼlum qilishicha, Namangan shahridagi 1-ixtisoslashtirilgan maktab-internatidan Ziyodullobek Qoʻziboyev, Saydullo Supijanov hamda Yangiqoʻrgʻon tumanidagi 58-umumtaʼlim maktabi bitiruvchisi Sherxon Hasanov Pechak ligasi (Ivy League) tarkibiga kiruvchi, dunyo reytingida 15-oʻrinda turuvchi Pensilvaniya universiteti talabasi boʻldi.
Uchovlon joriy yil oliy taʼlimni AQSHda davom ettirishadi. Yigitlar maktabda yaxshi baholarga oʻqigan, faol, IELTS hamda SATdan yuqori ballarni olib, xalqaro serifikatlarga ega, — deb yozadi Hilola Umarova oʻzining Telegram kanalida.









