Namangan viloyatida faoliyat olib borayotgan Ekologik inspeksiyaga xizmat mashinalari va “Toza hudud” DUKka yangi sanitar tozalov mashinalari topshirildi. Tantanali tadbirda Namangan viloyati hokimi Sh. Abdurazzoqov ishtirok etdi.
Dasturga asosan 2020-yilda aholiga koʻrsatiladigan sanitar tozalov xizmatlarini yanada rivojlantirish uchun jami 17,6 millard soʻm mablagʻ ajratildi. Shundan 10,8 milliard soʻmga 20 ta maxsus chiqindi tashish texnikalari xarid qilindi. Ushbu texnikalar bilan viloyatning 200 ming nafardan ortiq aholisi qoʻshimcha sanitar tozalov xizmatlari bilan qamrab olinadi.
Qayd etish joizki, 2021-yil davomida jami 40 ta maxsus chiqindi tashish texnikasi hamda 1 ta kompaktor (zichlagich) viloyatga xarid qilinadi. Bundan tashqari, Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi loyiha doirasida 17 ta maxsus chiqindi tashish texnikalari keltiriladi.
Namangan viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmati










