Toshga o'yilgan tasvirlar Namibiyaning markaziy-g'arbiy qismidagi Doro Navas tog'larida aniqlangan. Tasvirlarning yoshi 5000 yil deb baholanmoqda.
Tasvirlarda jirafa, oq va qora karkidon, tuyaqush, qoplon, jayron, zebra, maymun, shoqol, fil, sher, gepard kabi hayvonlarning izlari aks etgan.
Tadqiqotchilarning ta'kidlashicha, bunday kashfiyotlar nafaqat tosh davri qabilalarining madaniyati va an'analarini, balki ularni o'rab turgan ekotizimlarni ham yaxshiroq tushunish imkonini beradi. Namibiyada bunday qoyatosh rasmlarning ko'p qismi saqlanib qolgan, ammo ular ilgari deyarli o'rganilmagan, deb xabar beradi mir24.tv.