“Maʼrifat ulashib“ loyihasi doirasida Oʻzbek adabiyotining yirik vakillari Usmon Azim, Shuhrat Orif va Dadaxon Muhammadiyevlar Namangan muhandislik-texnologiya instituti talabalari bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida talabalar ijodkorlarning sheʼriy asarlaridan namunalar oʻqib, ularga oʻz fikr va mulohazalarini bildirish imkoniga ega boʻldi. Bu esa oʻz navbatida talabalarning ijodiy salohiyatini rivojlantirishga xizmat qildi. Usmon Azim, Shuhrat Orif va Dadaxon Muhammadiyev yoshlarga ijodiy faoliyatlarida qanday qiyinchiliklarga duch kelishlarini va ularga qanday yechim topishlarini tushuntirib, oʻz tajribalari bilan boʻlishdi.
Shuningdek, uchrashuv davomida NamMTI talabalari tomonidan tashkil etilgan “Kelajak bunyodkorlari“ talabalar teatr studiyasi Usmon Azimning “Choʻlpon“ asaridan sahna koʻrinishi namoyish etdi. Ushbu sahna asari uchrashuvga oʻzgacha ruh bagʻishlab, talabalar va ijodkorlar oʻrtasidagi yaqin muloqotni yanada mustahkamladi.
Ushbu uchrashuv NamMTI talabalari uchun ilhom baxsh etuvchi va ijodiy koʻnikmalarini yanada rivojlantirishga turtki boʻluvchi tadbir boʻlib, barchada chuqur taassurot qoldirdi.
Namangan muhandislik-texnologiya instituti axborot xizmati
Hamkorlik materiali