Fuqarolarni biometrik identifikatsiya qilish (Face-ID) orqali naqd shaklda pensiyalarni toʻlash jarayonlari boshlandi.
Joriy yilning oktyabr oyidan boshlab hududlarda pensiyalarni naqd pul shaklida toʻlash fuqarolarni biometrik identifikatsiya qilish (Face-ID) hamda ularning imzosini elektron shaklda olish orqali amalga oshirilishi boshlandi. Bu haqda Pensiya jamgʻarmasi Matbuot xizmati xabar qildi.
Ushbu tizimni joriy etishdan koʻzlangan maqsad — pensiyalarni fuqarolarga toʻliq va oʻz vaqtida yetkazish.
Endilikda toʻlov jarayonida boʻlishi mumkin boʻlgan Xalq banki tomonidan hisobotlarda “toʻlandi” deb hisobot berilib, amalda fuqaroga toʻlanmaslik yoki boshqa shaxslarga toʻlab yuborish holatlari oldi olinadi.








