Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga koʻra, surishtiruv ishlari davomida D.T. internetdan kelib tushgan takliflarga koʻra, pul evaziga narkograffiti bilan shugʻullanganini tan olgan.

Shuningdek, Yangihayot tumanida yana bir narkograffiti chizish bilan shugʻullanib kelgan shaxs tuman Ichki ishlar organi faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan ushlangan. Surishtiruv jarayonida maʼlum boʻlishicha, 25 yoshli T.A. pul evaziga devorlarga narkograffiti chizgan. Yigitdan xolislar ishtirokida trafaret va boʻyoq idishi olib qoʻyilgan.

Giyohvandlik vositalarini sotuvchi doʻkonlarni targʻib qiluvchi narkograffitilarni chizish bilan bogʻliq yana bir holat Mirobod tumanida aniqlangan. 22 yoshli V.N. narkotik moddalar savdosi bilan shugʻullanuvchi doʻkonlarni reklama qilayotgani maʼlum boʻlgan. Uning yonidan 325 dona narkotik moddalar savdosi bilan shugʻullanuvchi doʻkonlar reklamasining flayerlari va bir dona boʻyoq purkagich ashyoviy dalil sifatida olingan.

“Mazkur holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi. Hozirda tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilib, natijalariga koʻra qonuniy qarorlar qabul qilinadi”, deyiladi xabarda.