Gumonlanuvchiga qonuniy chora koʻrish uchun Bektemir tumani IIO FMBga topshirildi.
Ayrim ommaviy axborot vositalari gumonlanuvchi shaxs aynan “xonanda Shahriyor” ekanini yozib tarqatdi. IIV axborot xizmati rahbari bu xabarni rad etib, haqiqatdan yiroqligini maʼlum qildi.
«Bu kabi xabar tarqatish Oʻzbekiston Respublikasi JPKning 23 moddasida belgilangan Aybsizlik prezumpsiyasi talablarini, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisidagi qonunini 14-moddasi hamda Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisidagi qonunni 6-moddasini qoʻpol ravishda buzish hisoblanadi, deyiladi xabarda.