Narpay tuman hokimligida xalq deputatlari tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi oʼtkazilmoqda. Bu haqda Samarqand viloyati hokimligi xabar berdi.

Sessiya kun tartibida tashkiliy masala koʼrilmoqda. Botir Jabborov boshqa ishga oʼtganligi munosabati bilan tuman hokimi lavozimidan ozod etildi.

Narpay tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasida deputatlar tomonidan tuman hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib Sherzod Rahmonov nomzodi tasdiqlandi.

Eslatib oʼtamiz, Botir Jabborov 2017 yildan buyon Samarqand viloyati Narpay tumani hokimi sifatida ishlab kelayotgandi.