Narpay tumanida sof quyma oltin sotayotgan shaxslar ushlandi

    Ekspertiza xulosasiga koʻra, ashyoviy dalil sifatida olingan moddaning ogʻirligi 143,9 grammni tashkil qilib, tarkibida 99,5 foiz sof oltin va 0,06 foiz kumush mavjudligi aniqlangan.

    Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Samarqand viloyati boshqarmalari tomonidan Narpay tumanida tezkor tadbir oʻtkazildi.

    Unda fuqarolar Sh.Gʻ. va I.K. tarkibida tilla zarralari mavjud boʻlgan qumlarni noqonuniy ravishda qazib olib, qayta ishlash orqali tanga shakliga keltirilgan sof quyma oltinni fuqaro Z.I.ga 2 000 AQSH dollari va 180 mln soʻmga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

    Ekspertiza xulosasiga koʻra, ashyoviy dalil sifatida olingan moddaning ogʻirligi 143,9 grammni tashkil qilib, tarkibida 99,5 foiz sof oltin va 0,06 foiz kumush mavjudligi aniqlangan.

    Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.